Iqtidorli o‘zbekistonlik talabalar Turkiyaga o‘qishga yuborilishi mumkin

Bugungi kunda Turkiya oliy ta’lim muassasalarida 1075 nafar o‘zbekistonlik talaba, shundan 150 nafari grantlar asosida tahsil olmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Iqtidorli o‘zbekistonlik talabalar Turkiyaga o‘qishga yuborilishi mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Turkiyaning Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda iqtidorli yoshlarga Turkiyaning davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati, magistraturasi va doktoranturasida o‘qish uchun Turkiya hukumati stipendiyalarini taqdim etish imkoniyati, tanlov shartlari, g‘oliblarga yaratiladigan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, loyihani bosqichma-bosqich iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda muhandislik, texnika, kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, tadbirkorlik kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura va doktoranturada o‘qitishdan boshlashni taklif etdi.

“Rosatom” O‘zbekistonga kadrlar tayyorlashda ko‘maklashadi

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Turkiya oliy ta’lim muassasalarida 1075 nafar o‘zbekistonlik talaba, shundan 150 nafari grantlar asosida tahsil olmoqda.