Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi

Departament asosiy vazifalari davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish sanaladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Abdugappor Karimjonovich Kirgizbayev Vazirlar mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Departament O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.