O‘zbekistonda markazlashgan budjet siyosatidan voz kechiladi

Endilikda respublika budjeti parlament tomonidan, mahalliy budjetlar esa joylardagi mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa, joylardagi mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Harajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.
Deputatlar ta’kidlashicha, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy budjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq hududlarda qoldiriladi.
Ma’lumki, shu kunga qadar O‘zbekistondagi mahalliy hokimliklar o‘z budjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi.

Shunday qilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjetni qabul qilishdagi mustaqilligi ta’minlanmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor volontorlar faoliyatiga huquqiy maqom berilmoqda

Qonun loyihasi bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.