Yangi dunyoni Osiyo yaratmoqda, Yevropa emas - Valday klubi eksperti

Yevropa zaiflashib Osiyo kuchayib bormoqda. Dunyo kelajagini belgilovchi institutlar Osiyoda yaratiladi - ekspert.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Yangi dunyoni Osiyo yaratmoqda, Yevropa emas, deb hisoblaydi Valday klubi eksperti, Germaniya-Rossiya forumi ilmiy direktori, Aleksandr Rar. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Biz hozir juda qiziq, shu bilan birga xavfli dunyoda yashamoqdamiz. Bugungi kun kelajakda ko‘p qirrali dunyoga asos solmoqda. Yangi dunyoni Osiyo yaratmoqda, Yevropa emas. 30-yil oldin Berlin devori qulaganda yangi dunyoga Yevropa asos solgan edi, - deydi Aleksandr Rar.

Valday klubida bugungi kunda nafaqat Rossiyaning balkim xalqaro maydondagi eng kuchli ekspertlar jamlagan. Sochida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvda Osiyo vakillari Yevropadan ko‘ra ko‘proq edi.

Kurmanov: Valday forumi ikki davlat oldida turgan ulkan ishlarning muqaddimasidir

Men, Yevropa vakili sifatida afsus bilan qayd etishim kerak-ki, Rossiya yoki sobiq SSSR mamlakatlari va Yevropa o‘rtasidagi suhbat maydonchasi nihoyasiga yetdi, desam xato bo‘lmaydi. Nimaga deganda Yevropa biz bilan suhbat qilganda, birinchi navbatda, demokratiya va inson huquqlari haqida suhbat qilish kerak deb hisoblaydi. Ular o‘zlarining asosiy vazifasi deb  erkin Yevropa rivojlanish modeli naqadar chiroyli, qulay va tarixiy to‘g‘ri yo‘l ekanligini boshqa davlatlar va kontinentlarga namoyish qilish deb hisoblaydi. Shu sababli ham Yevropa faqat G‘arbiy demokratiya yo‘lidan borayotgan davlatlar bilan muloqot qilmoqda. Lekin bu suhbat so‘nggi vaqtlarda o‘z nihoyasiga yetdi.  

Sabab, chunki u kengroq, bo‘lishi kerak. Bugungi kunda dunyoda shunaqangi chaqiriqlar borki, o‘zaro muloqot yanaday ochiqroq, yanada demokratik, yanada ko‘pqirraliroq bo‘lishi kerak. Aynan shu sababli Valday klubi so‘nggi vaqtlarda Osiyo vakillari bilan muloqot yo‘nalishiga qayta moslashib oldi.

Bordachov Samarqanddagi “Valday” klubining X Osiyo anjumani mazmuni xususida

Sochida bo‘lib o‘tgan so‘nggi Valday klubi uchrashuvida biz Katta Osiyo qanday bo‘lishi haqida o‘ylay boshladik. Yevropa zaiflashib Osiyo kuchayib bormoqda. Dunyo kelajagini belgilovchi institutlar Osiyoda yaratiladi. Yevropada ular allaqachon bor va ular bundan kuchliroq bo‘la olmaydi. Osiyoda esa yangi global xavfsizlik tizimlari yaratiladi. Xitoy va Hindiston kabi murakkab davlatlar orasida muloqot qilish mexanizmi yaratiladi.

Markaziy Osiyo hududi jahon hamjamiyati oldida yangi maqomga ega bo‘ladi. Oldin ko‘pchillikning fikricha bu yerda buyuk davlatlar “Katta o‘yin” olib bormoqda degan tushuncha bor edi. Lekin Rossiya ham, Xitoy ham  “Katta o‘yin” bilan shug‘ullanmayapti. Ular faqat hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda xolos.