Rossiyada kichkina “Kalashnikov” avtomatlari ishlab chiqariladi

“Kalashnikov” konserni bosh konstruktori Sergey Urjumsevning so‘zlariga ko‘ra, kichik o‘lchamli avtomatlarni tayyorlash bo‘yicha yangi loyiha boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. “Kalashnikov” konsernida “Malish” loyihasi doirasida o‘zini himoya qilish uchun kichkina avtomatlar ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda RIA Novosti’ga “Kalashnikov” konserni bosh konstruktori Sergey Urjumsev ma’lum qildi.

Rossiyada maxsus xizmatlar uchun ixcham to‘pponcha ishlab chiqariladi

“O‘zini himoya qilish masalasi bo‘yicha – “Malish” loyihasi bor. Bu kichik o‘lchamli avtomatlar. Ular hozir ikki 5,45 va 9 mm kalibrda ishlab chiqilmoqda. Uning og‘irligi umumiy qo‘shin avtomatidan taxminan bir kiloga yengilroq bo‘ladi”, -  Urjumsev.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Rossiyada maxsus bo‘linmalar uchun yangi ixcham to‘pponcha ishlab chiqarishi haqida xabar bergandik. Yil yakuniga qadar to‘pponcha davlat sinovlaridan o‘tkaziladi.