O‘zbekistonlik fitnes model bodibilding bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi - foto

O‘zbekistonlik fitnes model Rushana Maksumova bodibilding bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik fitnes model Rushana Maksumova bodibilding bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deyilgan Facebook'dagi O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi rasmiy sahifada.

O‘zbekistonlik fitnes model bodibilding bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi - foto

“5-11 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chedjudo orolida bodilding va fitnes bo‘yicha 11-chi jahon chempionati o‘tkazildi. Unda O‘zbeksiton terma jamoasi eng ko‘p 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.

Rushana Maksumova oltin medal va “30 yoshdan katta yoshdagi toifadagi fitnes-model” toifasida jahon chempion unvoniga ega bo‘ldi.

“165 smdan baland bo‘lgan fitnes-model” toifasida ikkinchi oltin medal Yelena Bekirovaga nasib qildi.