O‘zbekistonda dollar yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,50 so‘mga oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 12-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,50 so‘mga ko‘tarildi va 9 490,77 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 115,18 so‘mga pasaydi va 10 455,03 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,31 so‘mga kamayib, 148,82 co‘mni tashkil qildi.