“Odam yuzli” baliq internet foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi - video

“Odam yuzli” baliq aks etgan video lavhani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizg‘in muhokama qilishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. “Odam yuzli” baliq aks etgan videoni internet foydalanuvchilari qizg‘in muhokama qilishmoqda.

Rolik tvitterda @Unexplained akkaunti joylashtirdi.

Rolik muallifi baliq odam yuziga o‘xshash tomonlari borligini aytgan. Videoda baliq qirg‘oqqa kelib, labi bilan g‘alati harakatlarni qilayotganini ko‘rish mumkin.

Internet foydalanuvchilari bu video qo‘rqitgani, ularga yoqmagani haqida turli izohlar yozishdi.

“Iblis baliq”, - deb yozgan Tee.

WeAreAllOne esa “Men juda qo‘rqib ketdi”, - deb yozgan.