Kurmanov: Valday forumi ikki davlat oldida turgan ulkan ishlarning muqaddimasidir

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov qayd etishicha, o‘zbekistonlik va rossiyalik parlamentariylarning uchrashuvlari samarali siyosatning real vositasidir.
Sputnik

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Valday” munozaralar klubining mintaqaviy konferensiyasining ilk kuni O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining aloqalarini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

“Mamlakatlarimiz parlamentlari oldida muhim vazifa – eng yuqori darajada tasdiqlangan tashabbus va loyihalarning bajarilishini nazorat qilish. Ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalariga o‘z yurtlarining mintaqalarini (viloyat) ham namoyish etishi funksiyasi yuklatilgan. Demak-ki, mintaqalararo hamkorlik masalalari ham diqqat e’tiborimiz markazida. Federatsiya Kengashidagi hamkasblarimiz bilan bo‘layotgan faol muzokaralarning boshqa mavzusi - bu Rossiyadan O‘zbekistonga ziyorat turizmini yo‘lga qo‘yish va uni taraqqiy ettirish”, - dedi Alisher Kurmanov.

Suhbatdosh e’tiroficha, Valday forumiga o‘xshash konferensiyalar bu ikki davlat oldida turgan ulkan ishlarning muqaddimasidir. Senator so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat ekspertlik jamiyatlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ulkan rol o‘ynaydi.

Kurmanov: Valday forumi ikki davlat oldida turgan ulkan ishlarning muqaddimasidir