Aynan O‘zbekistondan Osiyoning global bozori shakllanishni boshlaydi - Rar

Germaniya-Rossiya forumi ilmiy rahbari Aleksandr Rar ta’kidlashicha, O‘zbekistonni juda uzoq vaqt dunyo hamjamiyatida kutishdi, davlat ochilganida esa, bu respublikaga nisbatan qiziqish sezilarli oshdi.
Sputnik

Ekspertning fikricha, mintaqada “katta o‘yin” bilan hech qanday aloqasi yo‘q jarayonlar rivojlanmoqda. “Biz hozir judayam qiziq, lekin juda qaltis paytda yashayapmiz. Bu davr multipolyar dunyoni kelajagini belgilab beradi. Va bu dunyoni 30-yil avvalgini singari Yevropa emas, aynan Osiyo yaratadi,” - izohlaydi Rar.

Uning so‘zlaricha, Yevropada O‘zbekistonni dunyo va Markaziy osiyo mintaqasi uchun ochilishini juda uzoq kutishdi. Islohotlarni amalga oshirilishi bilan biznes hamjamiyatining respublikaga nisbatan qiziqishi oshdi.

“Resurslarni va inson faktorini hisobga olgan holda O‘zbekiston mintaqada muxim va ko‘zga ko‘rinadigan o‘yinchi sifatida namoyon bo‘lmoqda, va, o‘ylaymanki respublika orqali Rossiya, Xitoy va Hindistonni bog‘lovchi yirik Osiyo bozori shakllanadi”- deya qo‘shib o‘tdi ekspert.

Germaniya-Rossiya forumi ilmiy rahbarining batafsiz izohlarini Sputnik O‘zbekiston podkastida tinglang.

Aynan O‘zbekistondan Osiyoning global bozori shakllanishni boshlaydi - Rar