TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Anglo sakslar islom dinini bulg‘ab, uning ichida terrorchi oqimlar yaratmoqda, deydi harbiy ekspert, milliy xavfsizlik muammolari markazi rahbari iste’fodagi polkovnik Aleksandr Jilin.
“Anglo-sakslar orasida jiddiy kuchlar islom diniga virus tushirish maqsadida faol ishlamoqda. Ular islom dinini bulg‘ab, uning ichida yot oqimlar yaratmoqda. Keyinchalik anglo-sakslar ushbu kuchlar yordamida o‘z maqsadlarini amalga oshirmoqda, jumladan harbiy-terrorchilik uslubida ham. Buning yaqqol misoli sifatida Suriyani aytish mumkin. U yerda IShID amerikaliklarning quroli bo‘ldi”, - deydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar kechasi IShIDga a’zo bo‘lgan 20 nafar jangarilar tojkiston chegara nazorat punktiga hujum qilishgan edi. To‘qnashuv oqibatida ulardan 15 nafari yo‘q qilingan. To‘qnashuvda 2 nafar huquqni saqlash organlari vakili ham qurbon bo‘lgan edi.
Anglo-saks kuchlar islom diniga virus tushirmoqda – harbiy ekspert
© Sputnik