Putin Ukraina ishonch reytingida Zelenskiyni ortda qoldirdi

“Vatandoshlardan qaysi biriga ishonch bildirasiz va kim obro‘ga ega” degan savolga so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati Rossiya yetakchisi familiyasini aytishgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisining ishonch reytingida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ortda qoldirdi. So‘rov natijalari Ukraina kelajak instituti va “Zerkalo nedeli” (“Hafta ko‘zgusi”) nashrining birgalikdagi tadqiqoti hisobotida keltirilgan.

Putin “Vikipediya”ni “Katta rossiya ensiklopediyasi” bilan almashtirishni taklif qildi

So‘rov natijalarga ko‘ra, Putin Ukrainaning nazorat ostidan chiqib ketgan Lugans va Donesk viloyatlari aholisining ishonch reytingida birinchi o‘rinni egallagan.

“Vatandoshlardan qaysi biriga ishonch bildirasiz va kim obro‘ga ega” degan savolga so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati Rossiya yetakchisi familiyasini aytishgan. Vladimir Putinga 11,2 foiz kishi ovoz bergan.

Ukraina ishonch reytingidagi ikkinchi pog‘ona rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyovga nasib etdi – u 9,1 foiz ovoz to‘plagan.

Shu bilan birga, Donbass aholisining atigi 1,3 foizi Vladimir Zelenskiyga ishonch bildirishini ma’lum qilgan.

So‘rov Donbass aholisi o‘rtasida joriy yilning 7-oktabridan 31-oktabriga qadar o‘tkazilgan. Tadqiqotda 1,6 mingdan ziyod kishi ishtirok etgan.