Tojikistondagi chegara postiga uyushtirilgan hujum ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Terrorchilik tashkiloti bayonotida qayd etilishicha, hujum oqibatida Tojikiston tomoni 10 nafar kishini yo‘qotgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Taqiqlangan “ID”* terrorchilik tashkiloti Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda AFP tashkilot nazorati ostidagi Amaq agentligi xabariga tayangan holda xabar qilmoqda.

“ID”* bayonotida qayd etilishicha, chegara postidagi otishma bir necha soat davom etgan.

Terrorchilik tashkiloti barcha hujum qilganlar o‘ldirilganini, Tojikiston tomoni esa 10 nafar kishini yo‘qotganini ta’kidlagan.

​Shuningdek, terrorchilar guruhi video e’lon qilgan. Unda niqobli olti kishi qora bayroq oldida turib, Abu Bakr al-Bag‘dodiyning vorisi bo‘lgan xalifga sodiq bo‘lishga qasamod qilishayotgani tasvirlangan. Video avvalida ular o‘zlarini hujum yetakchilari deb atashadi.

O‘zbek chegarachilari Tojikiston bilan chegara uchastkalari qo‘rig‘ini kuchaytirishdi

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirildi. Tojikiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida 20 ta jangarilardan 15 tasi o‘ldirilgan, Tojikiston tomonidan esa chegarachi va bir nafar militsiya xodimi halok bo‘lgan.

Keyinchalik mahalliy hukumat yana ikki nafar chegarachi halok bo‘lganini xabar qildi.

So‘roq paytida qo‘lga olingan jangarilar Tojikistonga aniq vazifa – mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun terakt uyushtirish vazifasi bilan kirishganini ma’lum qilishgan.

“Jang bilan razvedka qilish” - mutaxassislar chegaradagi hujum haqida

Hujum qilganlar orasida ayollar ham bo‘lgan. Ularni ham terrorchlik aktlarini uyushtirishga tayyorlashgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot