Tirbandlik, avtoturargoh va yo‘l chiziqlari: IIV yangi qaror tayyorladi

O‘zbekiston bo‘ylab qo‘p qavatli avtoturargohlarni barpo etish dasturi tayyorlanishi, shuningdek, ko‘cha va yo‘llardagi yo‘l chiziqlari Rossiyada ishlab chiqilgan nitrobuyoq bilan chizilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

AQSh o‘zbekistonlik migrantlarga e’tiborni kuchaytirgan - IIV bayonoti

Unda O‘zbekiston Respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlash nazarda tutilgan.

Hujjatda aytilishicha, 2020-yil yanvar oyida aholi gavjum bo‘ladigan bozorlar, savdo markazlari, avtoshohbekatlar yaqinida piyodalar yer osti va yer usti o‘tish joylari hamda avtoturargohlar, shuningdek zaruratdan kelib chiqqan holda ko‘p qavatli avtoturargohlarni bosqichma-bosqich barpo etish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish to‘g‘risida vazifalar qayd etilgan.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatida avtomobil yo‘llarn ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan.

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan ikki nafar IIB xodimi jarimaga tortildi

Bundan tashqari, yo‘l xaritasi loyihasida samaradorligi yuqori bo‘lgan nitrobuyoqni Toshkent shahrida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, unga qadar Rossiyada ishlab chiqarilgan nitrobuyoqni xarid qilish masalasini hal etish tadbiri bayon etilgan.

Respublikada harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasida jami 12 ta tadbir belgilangan.

Hujjat loyihasi 23-noyabrgacha muhokama qilinadi.