Respublika akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazidagi kirdikorlar fosh etildi

Ma’lum qilinishicha, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari respublikaning qator tijorat banklari va xususiy korxonalari bilan til birikib o‘tgan salkam ikki yili dvaomida ilmiy-amaliy markaz budjetini talon-taroj qilib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etildi – SSV

Ma’lum qilinishicha, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yo‘li” bankining Mirzo Ulug‘bek filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018 va joriy yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.