Bishkekdagi portlash: bir ayol halok bo‘ldi, yetti nafar bola jarohatlandi

Qirg‘iziston poytaxti markazidagi kafeda uchta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 13 kishi jarohatlandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Bishkek markazidagi portlashda 13 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafar bolalar, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Bishkekda uchta portlash sodir bo‘ldi – jarohatlanganlar bor

“Yong‘in vaqtida fastfud xodimasi voqea joyida halok bo‘ldi. Jami 13 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari bolalar. Shifoxonaga 6 kishi yotqizildi, qolganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi. Shifoxonaning umumiy jonlantirish bo‘limiga ikki kishi yotqizildi, tashxis: tananing 25-30 foiz kuyish, ahvoli og‘ir. Shifoxonaning kuyish bo‘limiga 3 kishi tananing 5-13 foiz kuyishi bilan yotqizildi, ahvoli o‘rta”, -deyilgan xabarda.  

Bugun, 8-noyabr kuni Chuy va Erkin shox ko‘chasi kesishmasidagi kafe yonib ketdi. Guvohlar uchta kuchli portlash yuz bergani haqida aytishdi. Militsiya kamida ikkita portlash haqida xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz balonlar portlagan. Yong‘in soat 14:00 da o‘chirildi.