AQSh o‘zbekistonlik migrantlarga e’tiborni kuchaytirgan - IIV bayonoti

O‘zbekiston IIV taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda "Grin-kart" arizalarining deyarli yarmini ushbu faoliyatni "biznes"ga aylantirib olgan odamlar tomonidan to‘ldirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston IIV so‘nggi paytlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan "Grin-kart" dasturiga qiziqish kuchayganligi holati yuzasidan axborot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rossiya Grin-kard lotereyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin

O‘zbekiston IIV rahbari matbuot kotibi Shoxrux Giyasov migratsiya global trendlari va obyektiv sabablar haqida to‘xtalar ekan, davlat rivojlanishi bilan fuqarolar mobilligi oshishi tabiiy holatligini ta’kidladi.

"Ularning o‘qish va yashash uchun qulay sharoit qidirishlari - bu tabiiy hol", - dedi Giyasov.

Qayd etilishicha, 2018-yilda dunyo migratsiyasi bo‘yicha dokladga ko‘ra, butun dunyoda migrantlar soni jami 244 million kishi (Yer yuzi aholisining 33%i)ni tashkil etgan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 1,2 million (3,6%)ni tashkil etadi va bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi, deb qayd IIV rahbari matbuot kotibi.

IIV vakili so‘zlariga ko‘ra, Grin-kart lotereyasi AQShga o‘z aholisini o‘zgartirishi, yangilab olishiga yordam beradi. 

"Qaysi davlatda migratsiya kam bo‘lsa, ular (AQSh, - tahr.) tomonidan shu davlatga e’tibor kuchaytiriladi. O‘zbekistonga hozir e’tibor kuchaygan, sababi AQShda O‘zbekistondan migrantlar soni kam", - deya tushuntirdi u.

AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

O‘zbekiston IIV taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda "Grin-kart" arizalarining deyarli yarmini ushbu faoliyatni "biznes"ga aylantirib olgan odamlar tomonidan to‘ldirilmoqda. Firibgarlar shu fuqarolarni shaxsiy hujjatlari nusxalari asosida, pasport egalari xabarisiz to‘ldirib, yutuq chiqadigan bo‘lsa, ulardan ma’lum moddiy mablag‘larni talab qilib kelishmoqda.

"Bizlarda shunday ma’lumotlar borki, ayrim fuqarolar mingtagacha fuqarolar nomidan anketa to‘ldirib, "Grin-kart" yutgan 30 dan oshiq fuqaroga tovlamachilik qilishgan. Bunda aldov, qo‘rqitish, ayrim hollarda shantaj usullaridan foydalanilgan", - dedi Giyasov.

O‘zbekiston IIV mamlakat fuqarolarini "Grin-kart" lotereyasini biznesga aylantirgan bunday shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirib qoldi.