TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Chorshanbaga o‘tar kechasi "Ishqobod" chegara postiga terroristlar hujum qilganiga qaramay, Tojikiston chegarasidagi o‘zbek nazorat o‘tkazish punktlari, odatiy tartibda ishlamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari boshqarmasiga tayangan holda.
"O‘zbek chegarachilari chorshanbadan boshlab, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada uchastkalar qo‘rig‘ini kuchaytirdi, lekin tojik-o‘zbek chegarasida nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy tartibda ishlamoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat chegarasida joylashgan 17ta nazorat-o‘tkazuv punktlaridan o‘tish odatiy kechmoqda.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi tojikistonlik hamkasblar bilan doimiy aloqada.
Eslatib o‘tamiz, chorshanbaga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qilib, u yerdan 5ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi.
O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida ularning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan. Hodisa tafsilotlari bilan Sputnik O‘zbekiston infografikasida tanishing.