Hech bir reys yetkazishni xohlamagan “yotoq” bemor O‘zbekistonga olib kelindi

Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. U juda jiddiy jarohat olgan edi. Shu sababli uni O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi Ravshan To‘xtamatov 5-noyabr kuni O‘zbekistonga olib kelindi.

Koreyada komaga tushib qolgan o‘zbekistonlik sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berildi

Bemorni vatanga qaytarishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi birlashgan.

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnodar o‘lkasida 5 nafar fuqaro YTHga uchragan. Ular orasida ushbu fuqaro ham bo‘lgan.  

U juda jiddiy jarohat olgan, unda suyak sinishlari, ichki a’zolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma qayd etilgan. “Yotoq” bemorini samolyotda O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.