Robotlar bilan yonma-yon yashashni ko‘plab fastastik asar yozuvchi adiblar tasvirlab berishgan. Dizayner suratchining yangi ishida kelajakka nazar solish va tom ma’noda inson va mashina o‘rtasidagi chegara yo‘qolganini his etish mumkin.
Niko Photographisme taxallusi bilan faoliyat yurituvchi professional dizayner va mustaqil suratchi The Robot Next Door nomli nodir foto loyihani ishga tushirdi.
U ushbu loyiha ustida 2017-yilda ishlashni boshlagan. Loyihaning eng yorqin suratlarini Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida tomosha qiling.