Komil Allamjonov YTHda halok bo‘lgan jurnalist oilasiga hamdardlik bildirdi

Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, jurnalistni "Urganch-Xiva" yo‘lining 4-kilometrida "Gazel" rusumli avtomashina urib ketgan
Sputnik

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi "Jamiyat" gazetasining Xorazm viloyati muxbiri, taniqli jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston yo‘llarida bir hafta ichida YTHlarda 44 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilgan.

"Agentligimiz nomidan marhum jurnalistning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz", - deyiladi xabarda.

Davlatnazar Ro‘zmetov baxtsiz hodisa tufayli bevaqt vafot etganligi aytilmoqda.

Xususan, Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, hodisa 6-noyabr kuni soat 23:55 larda ro‘y bergan. Jurnalistni "Gazel" rusumli avtomashina "Urganch-Xiva" yo‘lining 4-kilometrida yo‘lni kesib o‘tayotganida urib yuborgan.

Siyosatchilar "bulg‘angan haqiqat uchun" jurnalistlardan qanday o‘ch oladilar >>>

Natijasida Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.