Futbol ishqibozlari Nurmagomedovga hushtak chalib norozilik bildirishdi

“Lokomotiv” – “Yuventus” o‘yinida muxlislar chempion Habib Nurmagomedovga hushtak chalib norozilik bildirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Moskvada o‘tkazilgan “Lokomotiv” va “Yuventus” uchrashuvida stadionda UFC chempioni Habib Nurmagomedov borligiga muxlislar noaniq munosabat bildirishdi. RSport xabariga asosan.

Nurmagomedov o‘yinga tashrif buyurgani haqida muxlislar stadion ekranlaridan bilib olishdi.

   

Operatorlar ekranda sportchini ko‘rsatgandan keyin stadionning bir qismi uni qarsak, bir qismi esa hushtak chalib kutib olishdi.

O‘yindan keyin Nurmagomedov jurnalistlarga "Lokomotiv" dan bunday yaxshi o‘yin kutmaganligini aytdi.