O‘zbekistonliklar Sankt-Peterburgda mehnat patentlarini olishda peshqadamlik qilmoqda

Ayni vaqtda berilgan patentlarning umumiy soni o‘tgan yilgi darajada saqlanib qolgan. O‘zbekistonliklarga berilgan patentlar ortidan 2018-yilda RF budjetiga bir necha milliard rubl mablag‘ kelib tushgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. Sankt-Peterburgda joriy yilning oxiriga qadar 250 mingga yaqin xorij fuqarolarining ishlashi uchun patent berilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Mehnat va bandlik qo‘mitasining raisi Dmitriy Cherneyko bayonoti asosida «78.ru» xabar berdi.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining soni ma’lum qilindi

D.Cherneykoning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yil bilan solishtirganda deyarli o‘zgarmagan. Muhojirlarning 62 % ini 21—35 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Ularning aksariyati Rossiyaga turmush o‘rtoqlari bilan keladi.

Qanday mehnat migrantlariga imtiyozli kreditga uy beriladi?

2019 yilda patentlarning 70 % i (126 ming) O‘zbekiston fuqarolariga berilgan. Ikkinchi o‘rinda tojikistonlik ishchilar — 25 % (44 ming). Moldova, Ukrainadan kelgan muhojirlar hisobiga 2 % patent to‘g‘ri kelmoqda.

Cherneykoning ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda patentlar ortidan davlatga 7,3 milliard rubl mablag‘ kelib tushgan. Uch yil davomida mazkur qiymat qariyb  ikki baravarga oshgan.

Rossiyaning mehnat resurslari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2018-yilda Rossiyaning shimoliy poytaxtiga salkam 400 ming mehnat muhojiri kelgan bo‘lib, ularning 65,2% malakasiz ishchi kuchini tashkil etgan.