Toshkent IIBB zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlanadi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi – IIBB

Unga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB uch (2020-2022) yil davomida 523 dona zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ular orasida tez tibbiy yordam mashinasi (HUNDAI), Treker, Lasetti, Neksiya-3, Spark va Damas transport vositalari ko‘rsatilgan.

Shuningdek, hujjatga 2020-yilda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari va hudud aholisining farzandlari uchun quriladigan va kapital ta’mirlanadigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari ro‘yxati ilova qilingan.

“qurish va kapital ta’mirlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, shuningdek ichimlik suvi va oqava suv tashqi muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish hamda qurish, obyektlarning atrof hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari Toshkent shahrining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”, - deyilgan loyihada.