Navoiyda o‘qituvchilar ta’til vaqtida paxta terdi: XTV holatni o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Karmana tumanida ta’til paytida maktab o‘qituvchilarini paxta terimiga jalb etilgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Navoiy viloyatining Karmana tumanida paytida maktab o‘quvchilari paxta terimiga jalb etilgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Kogonda o‘quvchilar paxtaga olib chiqilgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda – XTV

XTV xabarida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati hamda Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holatni o‘rganmoqda.

Vazirlik bu kabi holatlarning oldini olish va tizim xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida virtual inspektor ishga tushirilganini eslatib o‘tgan.

Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganida yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz (http://ovoz.uzedu.uz/) sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda ma’lumotnoma evaziga paxta terdirmoqchi bo‘lgan MFY raisi jarimaga tortilgani xabar qilingan edi.