Coliq undirilishda inson omilini kamaytirish rejalashtirilmoqda

Soliq sohasining biznes jarayonlarini uyg‘unlashtiradigan yagona platforma yaratilib, respublika bo‘ylab barcha soliq organlarida joriy etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abdulla Azizov boshchiligidagi ishchi guruh respublikaning barcha darajadagi soliq idoralarining biznes jarayonlarini o‘rganishga kirishdi.

Soliq eksperimentlari oxiri nima bilan tugaydi?

Toshkentning Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida tanlanib, bu yerga inspeksiyalar, boshqarmalar va DSQ mutaxassislari jalb qilinmoqda.

Soliq idoralari xodimlari soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlar davomida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, biznes jarayonlarni yanada optimallashtirish yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Ish jarayonini optimallashtirish va standartlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganishlar natijasida kelgusida soliq tizimi yanada avtomatlashtirilishi kutilmoqda.

Soliq sohasining biznes jarayonlarini uyg‘unlashtiradigan yagona platforma yaratilib, respublika bo‘ylab barcha soliq organlarida joriy etiladi.

Soliq qo‘mitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi

Dasturiy mahsulotlar inson omilini imkon qadar kamaytirish, respublika soliq organlarini mijozlar uchun barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.