Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari bo‘lib chiqdi

Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari bo‘lgani va ular bir necha kun oldin Afg‘oniston hududidan o‘tib kelgani aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT,  6 noya – Sputnik. “Ishqobod” chegara postiga hujum qilganlar ID tarafdorlari bo‘lgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Tojikiston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (DMXQ) matbuot xizmati.

“Olib borilgan tergov va qo‘lga olingan jangarilarni so‘roq qilish natijasida aniqlanishiga ko‘ra, 6-noyabr oqshom chegara postiga hujum qilgan qurollangan terrorchi guruh 3-noyabr kuni Afg‘onistonning Qal’ai Zol hududidan maxsus buyruq asosida afg‘on-tojik chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan”, - deyilgan xabarda.

Hujumda ishtirok etgan barcha terrorchilar ID a’zolari bo‘lgan va tunda Kubodiyon tumaniga yetib kelishgan va hujum uchun "Ishqobod" chegara postini tanlashgan.

Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda 20ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbeda 60km masofada, o‘zbek-tojik chegara chizig‘ida joylashgan postiga hujum qilib u yerdan 5ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi. O‘tkazilgan maxsu soperatsiya natijasida ularning 15 nafari yo‘q qilinib. 5tasi qo‘lga olingan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.