Atom bombadan yashirinish joyining ichi qanaqa

Sputnik Belarus muxbirlari Minsk shahrida joylashgan bombobubejisheda bo‘lib uning ichini videoga olishgan. 
Sputnik

Ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi vaqtida SSSRning g‘arbiy qismi nemis aviatsiyasi tomonidan faol bombardimon qilingan. Ushbu tajribaan kelib chiqib, hamda AQSh bilan bo‘layotgan sovuq urush yadroviy mojaro bilan tugashi muqarrarligiga ishongan holda, SSSR rahbariyati yirik shaharlarda bombalardan qutilish maxsus inshootlarini qurgan.

AQSh sovuq urush davridagi strategiyaga qaytishga qaror qildi

Ushbu inshootlar hatto atom bombasining zarbasiga dosh bera oladigan bo‘lishi kerak edi. Undan tashqari bomboubejishe ichida bir necha kunlik suv va oziq-ovqat zahiralari, markaz bilan bog‘lanish uchun aloqa vositalari bo‘lishi kerak edi. 

Odatda bunday inshootlar maxfiy hisoblanadi va hech kim ular qayerda joylashganini bilmaydi. Uning yer ustki qismi uchburchak shalida bo‘lib, unda faqatgina bir eshik bor xolos. 

Sputnik Belarus muxbirlari Minsk shahrida joylashgan ana shunday bombadan yashirinish joylaridan birida bo‘lib uning ichini videoga olishdi. 

Darvoqe, agar siz yashayotan shaharda metropoliten bo‘lsa, uning bekatlari ham bombadan qochish joyi sifatida ishlatilishi mumkin.