O‘zbekistondagi neft va gaz konlarining umumiy zaxirasi haqidagi ma’lumot ochiqlandi

Ta’kidlanishicha, joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirish rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 275 ta neft va gaz konlari ochilgan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilg‘ini tashkil qiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, respublikada uglevorod xom ashyo bazasi barqarorligini ta’minlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida, Usturt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda yangi gaz koni ochildi

Prezidentning 2017-yil 3-noyabrdagi qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirish rejalashtirgan.

Xabarda 9 oy mobaynida 5 ta yangi kon ochilgani (Kushkair, Oraliq, Chakar, Do‘ltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirilgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston janubida yangi 10 million tonna zaxiraga ega bo‘lgan neft-gaz kondensat koni ochilgani xabar qilingan edi.