O‘zbekistonda yangi huquqiy portal ishini boshladi

Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi.

Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, muammoli vaziyatlarga oid savollarga javoblar, odamlar uchun eng zarur huquqiy tavsiyalar, hujjat loyihalari muhokamasi kabilar Adliya vazirligi tomonidan ishga tushirilgan Milliy huquqiy internet portalida jamlangan. 

Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi. 

Adliya vazirligi korrupsiya qarshi maxsus Telegram botni ishga tushirdi

Portalda Yuristlar malakasini oshirish markazi, Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi, Intellektual mulk agentligi o‘quv kurslari haqida ham ma’lumotlar berilgan. 

Foydalanuvchilar portaldan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari, advokatlar va notariuslar xizmatlariga oid e’lonlar, tezkor ishonch telefonlari haqida ma’lumot olishlari ham mumkin. 

Bu yerda shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshiruvchi yuridik lug‘at, maxsus atamalar va eng zarur huquqiy adabiyotlar elektron kutubxonasi ham mavjud.