Toshkentdagi fitnes-klubda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Gumonlanuvchi fitnes-klublardan birining kiyinish xonasida bo‘la turib, 36 yoshli B.R.ga tegishli 4100 dollar va 1,1 mln so‘mni o‘marib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Toshkentdagi fitnes-klubda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

IIBB xabariga ko‘ra, Shayxontoxur tumanida 34 yoshli J. S. fitnes-klublardan birining kiyinish xonasida bo‘la turib, 36 yoshli B.R.ga tegishli 4100 dollar va 1 100 000 so‘mni o‘g‘irlagan. So‘ngra voqea joyidan yashiringan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston JKning 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Xabarda olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingani qayd etilgan.