"Toshkent drifti" yoki Erik Davidich O‘zbekistonda nimani suratga olgan edi

Rossiyalik mashhur avto-bloger: Mercedes AMG GT 63 - uncha zo‘r emas ekan-u, lekin O‘zbekistonga gap yo‘q!
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Rossiyalik avto-bloger Erik Davidich sentabr oyida O‘zbekistonda suratga olgan videosini internetga chiqardi.

Videolavha boshida Davidich O‘zbekistonga uni taklif qilgan va ushbu videoni suratga olish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan Otabek Umarovga minnatdorlik bildirgan.

Mirziyoyevning kuyovi rossiyalik blogerga uchta avtomobil taklif qildi

Videoning maqsadi - Mercedes AMG GT 63 S 4MATIC+ avtomobilning test-drayvi hisoblanadi. Ushbu test-drayvni aynan Toshkentda suratga olish esa – O‘zbekistonni dunyoda yanada kenroq tanitish, sayyohlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi.

Videolavha davomida Erik Davidich bir necha bor Toshkentning ajoyib manzaralarini, yo‘llarini, diqqatga sazovor joylarini, O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni va eng asosiysi - mehmondo‘st o‘zbek xalqini olqishlaydi.

Ketish oldidan esa rossiyalik bloger maxsus ajratilgan maydonchada, to‘plangan yosh muxlislar oldida avtomobilda bir necha bor aylanib “drift” namoyish etdi va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

“Mening nomimdan butun O‘zbekistonga, o‘zbek xalqiga ulkan minnatdorligimni yetkazib qo‘ying. Biz albatta qaytib kelamiz. Hammangizga katta rahmat”, - dedi bloger.

Eslatib o‘tamiz, Erik Davidich, rossiyalik eng mashhur avto-blogerlardan biri. U avtomobillar mavzusida juda ko‘p va qiziqarli videolar suratga olgan, ko‘plab avtomobillarni test-drayv qilgan. Unga tegishli bo‘lgan smotraTV yutub-kanalining doimiy obunachilari soni 3,6 milliondan ortiq.