“Narxoz” rektori ishdan olindi

DXX, prokuratura, ta’lim vaziri va prezident maslahatchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "Narxoz" rektori ishdan oldindi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. “Narxoz” rektori ishdan olindi, deb xabar qilmoqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

“Toshkent Davlat Iqtisodiyot univeristeti rektori Bahodir Xodiyev lavozimidan bo‘shatildi. Buning ortidan “Narxoz”da katta tozalash ishlari ham amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.  

Ushbu qaror prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilingan.

"Narxoz"ga kirish uzoq yillar davomida “pullik” bo‘lgani sir emas. Shuning ortida xalq orasida ushbu OTM - “pulxoz” nomini olgan, deb yozadi bloger. "Narxoz" so‘zi OTMning avvaligi nomi - "Institut narodnogo xozaystva" iborasidan kelib chiqqan.