Chirchiqda o‘zbek-hind o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Chirchiqda boshlangan o‘zbek - hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari ochilish marosimida ikki davlat mudofaa vazirlari - Bahodir Qurbonov hamda Radjnat Singx ishtirok etishdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi “Chirchiq” poligonida O‘zbekiston  va Hindiston hamkorligidagi “Do‘stlik – 2019” taktik o‘quvlari boshlandi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

O‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosisimida O‘zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari Bahodir Qurbonov hamda Radjnat Singx ishtirok etishdi.

“Chirchiq” poligonida mehmonlar o‘zbekona urf-odatlar xos ravishda tantanali tarzda kutib olindi. Undan so‘ng mehmonlar dala-o‘quv maydoni infratuzilmasi, bu yerda bo‘linmalar uchun yaratilgan sharoitlar, shaxsiy tarkib uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar, - deyilgan xabarda.  

“Do‘stlik – 2019” hamkorlikdagi taktik o‘quvlar joriy yilning 13-noyabriga qadar davom etadi. Ushbu mashg‘ulotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga qaratilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilar uchun tajriba almashish imkoniyatini beradi, deyilgan xabarda.