Avaz Maksumov “Bunyodkor” klubi muammolari haqida gapirdi

Klub tomonidan “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlari uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi stadioni o‘tish bilan bog‘liq 30 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak. Shundan so‘ng to‘liq u O‘FAga o‘tishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot  kotibi Avaz Maksumov “Bunyodkor” futbol klubining moliyaviy va soliq bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar ikkita vazifa to‘liq bajarilmagan.

Milliy terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

“Birinchisi, O‘FA huzurida respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini bunyodkor stadioniga joylashtirish. Ikkinchisi, “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga O‘FAning balansiga o‘tkazilishini ta’minlanishi”, - dedi Avaz Maksumov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi matbuot anjumanida.

“Bunyodkor” futbol klubi “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlar uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish borasida qator muammolarga duch keldi. Xususan, balansdan balansga o‘tkazilishida stadion qurilishida ijrochi bo‘lgan Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan qurilish ishlari  amalga oshirilgan hamda “Bunyodkor” futbol klubi u yerda buyurtmachi vazifasini bajargan. Klub kapital qurilish boshqarmasi tomonidan stadionda mavjud bo‘lgan barcha inventarlarni balansiga qabul qilishi kerak edi. Kapital qurilish boshqarmasi mavjud bo‘lgan barcha inventarlarni “Bunyodkor” futbol klubi  balansiga beg‘araz o‘tkazilayotgani sababli stadionning 429 mld sum miqdordagi inventarizatsiya qiymatidan 42 mlrd so‘m miqdoridagi divedendlarga solinadigan soliq to‘lashi kerak. Biroq kapital qurilish tashkiloti bugungi kunda likvidatsiyaga tushgan, shu sababli to‘lanadigan soliq klub bo‘yniga tushadi”, - deya qayd etdi.

Avaz Maksumovning so‘zlariga qaraganda, klub o‘z navbatida moliyaviy ahvoli yomonligi sababli ushbu mablag‘larni to‘lash imkoniyatiga ega emas.

Abramov: yaqinda terma jamoaga munosib bo‘lgan ko‘plab iste’dodlar paydo bo‘ladi

“Bunyodkor” futbol klubi tomonidan “Bunyodkor” stadionining butun majmuasi va inshootlari uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.  Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi stadioni o‘tish bilan bog‘liq 30 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak. Shundan so‘ng to‘liq O‘FAga o‘tishi mumkin”, - deya so‘zlariga yakun yasadi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Hujjat bilan “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilangan.