Abramov: yaqinda terma jamoaga munosib bo‘lgan ko‘plab iste’dodlar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov professional futbolchilar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 noya - Sputnik. O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekistonda yaxshi futbolchilarning yetishmasligi mavjud emasligini ta’kidladi. Bosh murabbiyning so‘zlariga qaraganda, bir oz sabr qilish kerak, xolos. Yaqinda terma jamoaga munosib bo‘lgan ko‘plab iste’dodlar paydo bo‘ladi.

“Hozirda biz bir o‘q bilan ikki quyonni urish maqsadida olimpiya jamoasi murabbiylar shtabi qattiq ishlayapmiz”, - dedi Abramov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Murabbiy o‘yinchilarning rotatsiya rejasini nazarda tutgan. Kadrlarni shunday taqsimlash kerakki, unda olimpiya  jamoasi ham, milliy jamoa ham jabr ko‘rmasligi kerak. Misol uchun, hozirda ayrim futbolchilar asosiy jamoadan olimpiya terma jamoasiga o‘tishadi.

Vadim Abramov munosib shart-sharoitlar va yaxshi murabbiy iste’dodli va professional futbolchilarning paydo bo‘lishining asosiy ikkita omili deb hisoblaydi. Ko‘p hollarda o‘yinchining mohir o‘yinchi bo‘lib yetishiga klub muhim rol o‘ynaydi. Chunki sportchi o‘zining ko‘p vaqtini mamlakat terma jamoasi tarkibida emas, balki klub tarkibida o‘tkazadi.