Toshkentda tahqirlangan ayollar 60 % holatlarda yaqinlari va qaynonasi zulmiga uchraydi

Poytaxtdagi zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi 29-avgust kuni ochilgan va 10-oktabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik, 25 nafari tibbiy va 35 nafari huquqiy yordam so‘ragan.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Toshkentda zo‘rlikdan jabr ko‘rgan ayollarning 60 foizga yaqini qarindoshlari va qaynonalaridan jabr ko‘radi, deya e’lon qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xotin-qizlar qo‘mitasi sadist er bilan yashab kelgan Muhayyoni doimiy nazoratga oldi

Ta’kidlanishicha, poytaxt va uning tumanlarida ayollar 40 foiz holatlarda turmush o‘rtoqlaridan jabr ko‘radilar. Oltmish foiz holatlarda esa qaynonalari va qarindoshlari sabab yuzaga keladi, deydi Toshkent shahar Toshkent shahrida Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazining direktori Gulchehra Matkarimova.

Markaz rasman 2019-yilning 29-avgust kuni ochilgan. 10-oktabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik yordam maqsadida, 25 nafari tibbiy yordam so‘rab hamda 35 nafari huquqiy yordam zarurati bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari, reabilitatsiya markazi xodimlarining harakati bilan 17 ta oilani tiklashga erishildi.

Matkarimovaning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlar tomonidan zo‘rlik ishlatishning deyarli barcha holatlari ichki muammolar bilan bog‘liq.

Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat

"Er-xotin o‘rtasidagi jiddiy kelishmovchilik sabab, ayol bolasi bilan uydan ketishga majbur bo‘ladi. Aksariyat holatda turar joy erga yoki uning otasiga tegishli bo‘lganligi sababli ayol o‘z qarindoshlarining uyiga qaytib boradi. Bizda jabr ko‘rgan ayol o‘z tug‘ishgan akasining uyiga borgan holat uchragan. Aka uylangan, uning bo‘yi yetib qolgan farzandlari bor. Shunda kutilmaganda singlisi qaytib kelib, uyning bir qismiga egalik qilgan. Shu sababli akaning xotini, ya’ni kelinoyi jabrdiyda ayolga qarshilik qilgan. Shu jumladan, unga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatgan", - Matkarimova bunday holatlar ko‘p uchrayotganligini ta’kidlaydi.

 

 

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasi, 38-uyda joylashgan. Respublika markazining shahar bo‘limida kunu tun ishlaydi, u yerga ayollar anonim ravishda 1169 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali murojaat qilishlari mumkin.