"Bu basharaga niqob kerakmas": koinotning eng ajabtovur vakillari

Sputnik

Bu insonlar o‘zga sayyoraliklarning ayni o‘zginasi, duch kelib qolsangiz, albatta, qayrilib tomosha qilasiz. Aslida, omma orasida ajralib turish uchun ular ko‘plab sinovlarni boshdan kechirganlar. Eng birinchi va eng murakkabi - psixologik xarakterga ega bo‘lgan - ular jamiyatning ma’naviy negizlariga qarshi borishga o‘zlarida kuch topganlar.

Biroq, bu ajabtovur tashqi ko‘rinish, ularni jamiyatdan ajratib tashlagani yo‘q. Ular shunday antiqa ko‘rinishga ega bo‘lib ham, o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi, odamlar orasida esa ularga xavas va qiziqish bilan qaraydiganlar talaygina, qolaversa, ularning hayot tarzi ham mashhurlarnikidan kam emas.

1 / 9
Urugvaylik tatu-rassomi Viktor Xyugo Peralta va uning rafiqasi - argentinalik tatu-rassomi Gabriela Peralta.
2 / 9
Laki Daymond Rich, yoki oddiy Laki Daymond – 2006-yilda dunyodagi eng ko‘p tatulangan kishi sifatida "Ginness rekordlar kitobi"ga kiritilgan novozelandiyalik. Laki Daymonning tanasi 100 % tatuirovkalar bilan qoplangan. Xususan, jinsiy a’zolaridan tortib, quloqlari, qovoqlari, og‘zi va tanasining boshqa qismlarigacha. Laki Daymondning o‘zi esa, tatuirovkalar uning tanasiga bir necha qavat qoplangani, shu bois, tanasining yuz emas, 350 foiz qismi tatuirovka bilan qoplangan, deya ta’kidlash mumkinligini ta’kidlaydi.
3 / 9
Suratdagi "Kaltakesak" laqabli amerikalik Erik Spreg iguana bilan.
4 / 9
Ko‘pchilikka "Pisib kelayotgan mushuk" sifatida mashhur amerikalik dasturchi Dennis Avner.
5 / 9
O‘zining chap qo‘lida qo‘shimcha quloqlarni "o‘stirgan" avstraliyalik aksionist-rassom Stelios Arkadiu.
6 / 9
"Vampir-ayol" sifatida mashhur meksikalik tadbirkor ayol, huquqshunos va tatuchi Mariya Xose Kristerna.
7 / 9
Kolumbiyalik tana rassom-modifikatori Damian Carnicero.
8 / 9
Amerikalik aktor va musiqachi Pol Lourens, u ko‘proq The Enigma sifatida mashhur.
9 / 9
Eleyn Devidson - dunyodagi eng ko‘p pirsing qildirgan ayol . 2004-yil