Bronza o‘rniga oltin - medal beruvchining xatosi hammani kuldirdi

Fransiyadagi jahon chempionatida rossiyalik figurachining oltin medalini amerikalikka taqib qo‘ygan shahar meri kulguga sabab bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Fransiyada bo‘lib o‘tgan figurali uchish bo‘yicha Internationaux de France jahon chempionati yakunida kutilmagan kulguli holat sodir bo‘ldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Grenobl shahar meri Kristof Ferrari rossiyalik figurali uchuvchi Alena Kostornayaning oltin medalini adashib amerikalik figurachi Meraye Bellga taqib qo‘ydi.

Xato ma’lum bo‘lganidan so‘ng amerikalik sportchining o‘zi kulgu va qarsaklar ostida oltin medalni Kostornayaga taqib qo‘ydi. Kostornaya ham ushbu anglashilmovchilikni samimiy klgu bilan kutib oldi.    

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning Grenobl shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ikkinchi o‘rin ham rossiyalik sportchi, Seul olimpiadasi chempioni Alina Zagitovaga nasib etdi.