TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Qoraqalpog‘istonning ayrim hudularida birinchi qor yog‘di, ayni damda Nukus va boshqa joylarda yomg‘ir yog‘moqda, deb xabar qilmoqda qoraqalpog‘istonlik jurnalist Yulduz Jumagaliyeva.
“Qoraqalpog‘istonda birinchi qor yog‘di. Albatta ajoyib, lekin usturtliklar bundan xursand emas. Odamlar ‘qancha ishimiz qolib ketdi’, deyapti”, — deb yozgan jurnalist.
Yuqoridagi surat bugun tongda olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet juma kuni G‘arbiy Qozog‘iston tomondan kelgan sovuq havo oqimi tufayli O‘zbekistonning shimoliy hududlarida havo harorati -3 darajagada tushib ketishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.