"Jangdan bahra oldim" - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi

Bektemir Meliqo‘ziyev professional ringdagi uchinchi jangini ham muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli bokschi Bektemir Melqo‘ziyev professional boksda o‘zining uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

"Jangdan bahra oldim" - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi

76 kg vazn toifasida Meliqo‘ziyev amerikalik Kley Kollardni nokautga uchratdi. 8 raundga mo‘ljallangan jang 4 raundda o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi bilan tugadi. Kuchli zarbalarda Kley Kollard dastlab nokdaun, keyin nokaut holatiga tushib qoldi.

"Yana bir g‘alaba! Men bu yigitga qoyil qoldim, qayeriga musht tushirishga harakat qilmay, zarbalarim unga tegmay o‘tib ketgandek tuyulardi. Lekin men jangdan bahra oldim! Navbatdagi uchrashuvgacha!", - deb yozgan Meliqo‘ziyev o‘zining Tvitterida.

Bu Bektemir Meliqo‘ziyevning professional ringdagi uchinchi jangida uchinchi g‘alabasi va bu ham muddatidan oldin g‘alaba bilan tugadi.

"Jangdan bahra oldim" - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi