TOShKENT, 2 noya — Sputnik. HeadHunter xizmati mutaxassislari eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari reytingini tuzishdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Birinchi o‘rinda - Senior IOSdeveloper/ IOS-yetakchi dasturchiga oyiga 300 ming rubl ish haqi taklif etilgan. Ikkinchi o‘rinda integratsion qarorlar dasturchisiga 230 ming rubl oylik taklif qilingan. IT xodimlarni boshqaruv direktori lavozimi 200 ming rubl oylik bilan uchinchi o‘rin oldi. Moskvada bu mutaxassislarga talab mavjud.
Shuningdek, reytingga Sankt-Peterburgdagi Senior GoDeveloper ish o‘rinlari (180 – 220 ming rubl), ichki auditor (170-200 ming rubl), soat ustasi (150 ming rubl) qo‘shildi.
Ro‘yxatga Yekaterinburgda eng maoshi yuqori bo‘lgan ish o‘rinlari - 1S dasturchisi oyligi 150 ming rubl, Novosibirskda logistika bo‘limi rahbari ham 150 ming rubl ish o‘rinni kiritilgan.
Noyabrda bitta ish o‘ringa o‘rtacha 5 ta rezume to‘g‘ri keladi, o‘rtacha taklif etiladigan maosh 45 288 rublni tashkil qiladi.