O‘zbekistonga birinchi qish sovug‘i kirib kelmoqda

O‘zbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda – kelgusi haftada ayrim hududlarda havo harorati -3 darajagacha tushib ketishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Yaqin kunlarda O‘zbekistonga birinchi qish sovug‘i  kirib keladi, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya markazi.

“3 – 5-noyabr kunlari O‘zbekiston hududida G‘arbiy Qozog‘istondan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Ayrim hududlarda tunda havo harorati -3 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin”,  - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston hududida 4−5 noyabr kunlari  havo harorati tunda 0 ... +5 darajagacha tushishi, tog‘li hududlarda -1...-2  darajagacha sovib ketishi mumkin. Kunduzi harorat +8…+13 daraja bo‘ladi.

Shimoliy hududlarda tunda havo harorati −3…+2 daraja, kunduzi +3…+8 darajani tashkil qilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududida 3 – 4-noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 18−23 m/s dan 25−28 m/s gacha bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston tomonidan esgan sovuq shamol tufayli O‘zbekistonda ilk yomg‘irlar 30-oktabrda boshlangan edi.