Tokio Olimpiadasiga 135ta litsenziya olish rejalashtirilgan

Tokio Olimpadasida O‘zbekistondan 100 dan ortiq sportchi va paraolimpiyachi-sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga  135 ta litsenziya qo‘lga kiritishni rejalashtirgan deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda qo‘lga kiritilgan litsenziyalar soni 22 ta. Qolgan vaqt ichida paraolimpiyachi sportchilar bilan birgalikda jami 135ta litsenziya qo‘lga kiritish rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.  

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda  2020-yilning 1-yanvariga qadar tuman, shahar va viloyat darajasidagi sport tadbirlarini moliyalashtirishning yangi tizimi ishlab chiqiladi.

Undan maxsus guruh tomonidan tashqari barcha bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport internatlari va Olimpiya zahiralari maktablari faoliyati tanqidiy nazar bilan o‘rganib chiqiladi.