TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, qurilishda ishlab kelgan o‘zbekistonlik Ergashali Daliyev qarindoshlari tomonidan qidirilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rossiyada 4 oy oldin izsiz yo‘qolgan o‘zbekistonlik migrant qidirilmoqda
© Muxtorbek Turdaliyev
Ma’lum bo‘lishicha, qirq to‘qqiz yashar Ergashali Daliyev 4 oydan beri yaqinlari bilan aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Sankt-Peterburg politsiyasiga murojaat qilingan, biroq hamon migrantdan darak yo‘q.
Ergashali Daliyev so‘nggi bor o‘g‘illari bilan qo‘ng‘iroqlashganida, o‘zining qurilishda ishlayotganini aytgan.