Mirziyoyev va Medvedev uchrashuvi: qanday masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasi hukumati raisini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi o‘zaro intilish qat’iy ekani tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. 1-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, ta’lim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, ShHT, MDH va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi ta’kidlab o‘tildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi o‘zaro intilish qat’iy ekani tasdiqlandi.