Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev ShHTga a’zo-davlat hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi.

Aeroportda uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Medvedev ShHTga a’zo davdat hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun keldi.

Medvedev ShHT a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisida nutq so‘zlaydi, shuningdek bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor beriladi.

ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan. 2017-yilda ShHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi. Tashkilotning kotibiyati Pekinda tashkil etilgan. Toshkentda mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma faoliyat ko‘rsatadi.