Bugun Xitoy hukumati bilan qanday hujjatlar imzolangani ma’lum bo‘ldi

Ertaga Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlatlari bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish yetib kelgan Xitoy hukumati delegatsiyasi va O‘zbekiston orasida 8ta hujjat imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Bugun, 1-noyabr kuni Xitoy Davlat Kengashi Bosh vaziri tashrifi doirasida 8ta hujjat imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri TIV matbuot xizmatiga asosan.

Hujjatlar ro‘yxati quyidagicha:

- O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Radioeshittirish va televideniya ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida elektron savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi;

- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhni tashkil to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida karantin ostidagi mahsulotlarni uchinchi mamlakatdan tranzit orqali eksport va import qilishda karantin talablari to‘g‘risida Bayonnoma;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga anor eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida Bayonnoma;

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Simulyatsiya va modellashtirish kompleks amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida Bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnikaviy-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim.

Ma’lumot uchun, ertaga Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlatlari bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun 10dan ortiq davlat hukumat dulugatsiyalari bugun Toshkentga yetib kelishni boshladi. Xitoy hukumati delegatsiyasi bugun ertalab birinchilardan bo‘lib yetib kelgan edi.