Taniqli dog‘istonlik kurashchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Kurashchi ko‘plab terma jamoalardan taklif olgan, biroq O‘zbekistonning “sport fuqaroligini” olishga qaror qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Dog‘istonlik Ilyas Bekbulatov fuqaroligini o‘zgartirdi va O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qiladi. Bu haqda sportchi Instagram᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.

Kurashchi ko‘plab terma jamoalardan taklif olgan, biroq O‘zbekistonning “sport fuqaroligini” olishga qaror qilgan.

Xususan, 2016-yilda Vengriya Bekbulatovni o‘z terma jamoasiga jalb qilishga uringan, biroq rad javobini olgan. Mutaxassislar uni dunyodagi eng yaxshi texnik kurashchilardan biri deb hisoblashadi. Ilyas 2017-yilgi Yevropa chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, meksikalik qilichboz Paola Pliyego ham O‘zbekiston fuqaroligini  olgan va hozirda turli chempionatlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.