Rossiyaning Naryan-Mar shahrida erkak bog‘chaga bostirib kirib, 6 yoshli bolani pichoqladi

Rossiyaning Naryan-Mar shahrida erkak bog‘chaga bostirib kirib, 6 yoshli bolani o‘ldirdi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiyaning Naryan-Mar shahrida 6 yoshli bolani o‘ldirishda gumonlangan 36 yoshli erkakni qo‘lga oldi, deb xabar qildi Tergov qo‘mitasi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mudhish voqea shaharning SSSRning 60-yilligi ko‘chasidagi “Ertak” nomli bog‘chada sodir bo‘ldi.

Bolalar uxlayotgan vaqtda erkak bog‘chaga kirib, 6 yoshli bolaga pichoq bilan zarba beradi, bola joyida vafot etdi.

Gumonlanuvchi zudlik bilan qo‘lga olindi. Erkak mast holda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat sabablari noma’lum.

Tergovchilar qotillik hamda bog‘cha qorovullarga nisbatan sovuqqonlik va “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etish" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Neneskiy avtonom okrugi gubernatori Aleksandr Sibulskiy so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs narkodispanser hisobida turgan.